O‘zbekistonda kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 bank jarimaga tortildi

O‘zbekiston Markaziy banki 16 bankni mijozlarga kredit va depozitlar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor etmagani uchun jarimaga tortdi.

O‘zbekiston Markaziy banki kreditlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor etmaganligi uchun 16 ta tijorat bankiga nisbatan jarimalar belgiladi. Yana 5 ta bank ogohlantirish oldi, deb xabar qildi regulyator matbuot xizmati.

Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan avgust-sentyabr oylarida terminallar orqali to‘lovlarni qabul qilishda qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi hamda bank xizmatlari to‘g‘risidagi mijozlarga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar oshkor etilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Maʼlum boʻlishicha, ayrim banklar kreditlar va omonatlarga oid maʼlumotlarni toʻliq oshkor etmagan, bank kartalari orqali xizmatlar koʻrsatish “toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan”.